Exspress testlar Diagnostikasi

Exspress testlar Diagnostikasi (ET) Ko’p vaqt va katta moliyaviy harajatlarni talab qilmaydi, tezda dastlabki dianostika o’tkazish va natijalarni sharxlash imkonini beradi. Shoshilinch tibbiy aralashuvni talab qiladigan yoki terapevtik taktikani tuzatish uchun qo’llaniladi. Bundan tashqari, tayyor test tizimlari dorixonalarda sotiladi va uy sharoitida diagnostika qilish uchun ishlatiladi. Tahlillar klassik usularga nisbatan sezilarli vaqt afzalliklariga ega va uy sharoitida zaiflashgan yoki yotoqda yotgan bemorlar uchun o’tkazish mumkin, shuningdek yuqori texnologiyali diagnostika usullaridan foydalanish imkoniyati cheklangan hududlarda ham testlarga talablar mavjud.
Sinov materiali sifatida reaksiyani o’rganish uchun barmoqdan qon, tupurik, siydik yetarlidir.Diagnostika natijalari bilan an’anaviy usullar- aniq va sezgirlikda tengdir. ET tarkibida indikator naychalari, tamponlar, qalamlar, ampulalar, probirkalar va boshqalar bor.

O'ziga xoslik

97.3%

Sezuvchanlik

89.2%

Ekspress-test O’zbekiston Respublikasi Virusologiya ilmiy-tadqiqot insitutida 2020-yil yanvar oyida muvaffaqiyatli klinik sinovlardan o’tgan.

Natijaning sifati va ishonchliligi FIND (Foundation for Innovative New Diagnostics) xalqaro jamg’armasining klinik tadqiqotlari (Jeneva, Shveytsariya) bilan tasdiqlangan.

Ekspress-test Britaniya, Janubiy Afrika, Braziliya va Hindiston koronavirus shtammlarini aniqlaydi.

Sinovning batafsil tavsifi:
Ishlab chiqaruvchi: Bionote Inc (Janubiy Koreya)
Biomaterial: Nazofarengeal tampon namunalarida
Bir sinov uchun vaqt: 5-15 daqiqa.
Test natijalari: Ijobiy/Salbiy/Yaroqsiz
Saqlash shartlari: 2-30 C

To'plam tarkibi

Burundan namuna olish

To'g'ridan-to'g'ri sinov uchun namuna tayyorlash

Bemornig burun teshigiga steril tamponni soling. Tamponni burinnig orqa boshlig’iga kirgizib 3-4 marotaba aylantiring.

Tamponni buferli suv solingan probirkaga soling. Tampon trubkasini probirkasiga soling va 5 martadan ko’p aylantiring.

Suyuqlikni tampondan chiqarish uchun naychaning yon tomonlarini siqib, tamponni olib tashlang. Tomizg’ich qopqog’ini probirkaga qo’ying.

Sinov tartibi

To’plamda taqdim etilgan plyonka yorlig’ini test kassetasiga yopishtiring.

Olingan namunani 3 tomchisini test kassetsidagi namuna teshigiga tomizing.

15-30 daqiqadan so’ng test natijasini sharxlang. Natijani 30 daqiqa ichida olish mumkun.

** Natijani 30 daqiqa o’tgandan so’ng sharxlamang, u notog’ri bo’lishi mumkun.

Test natijalari

Salbiy
Natija oynasida bitta rangli chiziq (“C” nazorat chizig’i) bu salbiy natijani bildiradi.

Ijobiy
Natija oynasida ikkita rangli chiziq ( “C” nazorat chizig’i va “T” test tasmasi) SARS-CoV-2 musbatligini bildiradi.

Yaroqsizlik
Agarda natija oynasida nazorat chizig’i (“C’’ nazorat chizig’i) ko’rinmasa, natija haqiqiy emas deb hisoblanadi.

COVID-19 uchun tezkor testdan foydalanish b’yicha ko’rsatmalar

Yana savollaringiz bormi?

Arizangizni qoldiring va menejerimiz siz bilan bog’lanadi.